<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Ruhim kuylar</title>
<lyrics>[V1]
 Najot kirib kelganda
 Hayot kirib kelganda
 Boʻlsam ham ojiz banda
 Ruhim kuylar

[V2]
 Tanam ojiz, qoʻrquvda
 Quloqlarim shov-shuvda.
 Tizzada uchrashuvda
 Ruhim kuylar

[V3]
 Yurak toʻlsa gʻam bilan
 Yashasam koʻp kam bilan.
 Solih bir Odam bilan
 Ruhim kuylar

[V4]
 Hayot boʻron toshqindir
 Yuragimda chaqin bir.
 Xudo menga yaqindir
 Ruhim kuylar

[V5]
 Yaxshilikni oʻylasam
 Toʻlganda sabr kosam
 Men Rabbimni kuylasam
 Ruhim kuylar

[V6]
 Yolgʻonlarga yor boʻldim
 Yomonlarga yor boʻldim.
 Ruhingizga lim toʻldim
 Ruhim kuylar

[V7]
 Muqaddas Xudo uchun
 Rabbimiz Iso uchun
 Qilingan duo uchun
 Ruhim kuylar

[V8]
 Davud sanolari yor
 Qalbim aylagan gulzor.
 &quot;Ota&quot; - desam men takror
 Ruhim kuylar</lyrics>
<author>Ulugʻbek Abduhalimov, Ravshan Xizirov</author>
</song>